22:16 / 08.04.2024
282

Saudiya Arabistoni va Pokiston Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni talab qildi

Saudiya Arabistoni va Pokiston Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni talab qildi
Foto: Arab News
Saudiya Arabistoni va Pokiston Isroildan G‘azodagi harbiy amaliyotlarini to‘xtatishni va mojaroni BMT rezolyutsiyalari asosida tinch yo‘l bilan hal qilishni talab qildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki davlat rahbariyati ushbu talablarini Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon va Pokiston bosh vaziri Shahbaz Sharif o‘rtasida Makkada bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng e’lon qilgan.

Saudiya Arabistoni va Pokiston qo‘shma bayonotiga ko‘ra, tomonlar Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlarini to‘xtatish, xalqaro qonunlarga rioya qilish va gumanitar yordamning G‘azoga to‘siqsiz yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Pokiston bosh vaziri Shahbaz Sharif ,o‘z navbatida, BMT rezolyutsiyalari va poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etish uchun adolatli va keng qamrovli yechim topishga qaratilgan tinchlik jarayoni zarurligini urg‘ulashgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo