Rim papasi Qozog‘iston xalqi uchun duo qilishga chaqirdi

1 daqiqa o'qish241
Rim papasi Qozog‘iston xalqi uchun duo qilishga chaqirdi
Foto: AP Photo
Rim papasi Fransisk toshqindan jabr ko‘rgan Qozog‘iston aholisiga hamdardlik bildirib, ular uchun duo qilishga chaqirdi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Fransisk 10 aprel kuni Vatikanda umumiy yig‘ilishda toshqindan aziyat chekkan qozog‘istonliklar haqida gapirdi. Rim papasi katoliklardan Qozog‘istonda avj olgan tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar uchun ibodat qilishni so‘radi. U 2022 yil sentyabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyurganini eslab, respublika xalqiga “ma’naviy yaqinlik” his qilishini bildirdi.

“Toshqin natijasida 90 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilinishga majbur bo‘ldi. Ushbu tabiiy ofat oqibatlaridan aziyat chekkanlar uchun ibodat qilishga chaqiraman”, — dedi Fransisk.

Suv toshqinlari sababli Qozog‘istonning o‘nta viloyatida (Abay, Aqmo‘la, Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston va Ulitov viloyatlari) mahalliy darajadagi favqulodda holat e’lon qilingan.

Toshqin davri boshidan buyon 72 mingdan ortiq odam, jumladan, 17 mingdan ortiq bolalar evakuatsiya qilingan. 3702 ta xususiy turar joy binolari, 550 dan ortiq hovlilar va 1,8 mingdan ortiq dala uylari suv ostida qolmoqda. Qutqaruv ishlariga jami 13,6 mingdan ortiq kishi, 1,3 ming texnika va 7 ta samolyot jalb etilgan. Qozog‘istondagi yirik suv toshqinlari oqibatida 5,7 mingdan ortiq turli qishloq xo‘jaligi jonivorlari nobud bo‘lgan.

Qirg‘iziston suv toshqinidan jabrlangan Qozog‘istonga 300 tonna gumanitar yuk jo‘natgan. Tojikiston va Turkiya esa suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?