Vladimir Putin AQShdagi supermarketda hibsga olindi


Floridadagi Uest-Palm-Bich shahrida joylashgan Publix supermarketida Vladimir Putin ismli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “NBC News”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yoshli Vladimir Putin ismli bu shaxs supermarketga noqonuniy ravishda kirgan. Shu bilan birga savdo majmuasi vakillariga baqirgan, janjal ko‘targan va binoni tark etishdan bosh tortgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya uni hibsga olgan. Politsiyaning aytishicha, u sentyabr oyida sud oldida qilmishi uchun javob beradi.
Ayni vaqtda Vladimir Putindan ruhiy tahlil natijalarini topshirish, politsiyadan esa uning ismi haqiqatan ham shunday ekani yoki buning yolg‘onligini aniqlash talab etilmoqda.































Izohlar 0
…