date
views 405

Turkiyada o‘zbekistonlik yigitni xonadoshi bilmasdan otib o‘ldirib qo‘ydi

Turkiyada o‘zbekistonlik yigitni xonadoshi bilmasdan otib o‘ldirib qo‘ydi
Foto: TASS
Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yigit to‘pponcha bilan o‘rtog‘ini otib qo‘ygan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan. 22 yoshli S.Gebbarov xonadoshi va o‘rtog‘i U.Rahmatilloyev tomonidan otib qo‘yilgan.

S.Gebbarov bosh qismiga otilgan o‘q natijasida o‘sha yerda vafot etgan. U.Rahmatilloyev esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan. U.Rahmatilloyevning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirgan. S.Gebbarov to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.Rahmatilloyev to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.

Konsullikka ko‘ra, hozirda halok bo‘lgan yigitning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada o‘zbekistonlik yigitni xonadoshi bilmasdan otib o‘ldirib qo‘ydi