23:50 / 14.04.2024
778

Uchta raqamga adashgan ayol yutuq o‘zi o‘ylaganidan ham ko‘pligini eshitib yig‘lab yubordi

Uchta raqamga adashgan ayol yutuq o‘zi o‘ylaganidan ham ko‘pligini eshitib yig‘lab yubordi
Lotereya chiptasini sotib olgan Avstraliyalik ayol biroz vaqt o‘tgach, o‘zini yettinchi osmonda his qildi.

Chiptani tekshirib, tanlagan barcha raqamlar bir-biriga mos kelishini anglagan omadli xonim 20 000 dollar yutib oldim, deb o‘yladi. Va bu xursandchilikni bo‘lishish maqsadida qarindoshlarining oldiga yugurdi.

Lekin ular ayolni butunlay lol qoldirishdi — ma’lum bo‘lishicha, u e’tiborsizlik tufayli uchta nol raqamiga adashgan, ya’ni 20 ming dollar emas, balki 20 million dollar yutib olganini ko‘rmagan. Buni eshitgan omadli ayol yig‘lab yubordi.

Omadli xonim o‘z boyligini qanday sarflashi haqida hozircha indamagan, lekin u sodir bo‘lgan bu voqea ko‘p yillar davomida kutilgan orzu ekanligini yashirmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchta raqamga adashgan ayol yutuq o‘zi o‘ylaganidan ham ko‘pligini eshitib yig‘lab yubordi