16:00 / 15.04.2024
176

Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladi

Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladi
Foto: “vitvesti.by”
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan qonunlarni imzoladi. Endilikda pedofillar va bola o‘ldirganlar umrbodga qamaladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday holati uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda. Xususan, qonun urish va qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi (ilgari buning uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan). Sog‘liqqa qasddan o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazganlik uchun jazo kuchaytiriladi. Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Lepexa ta’kidlaganidek, sudlanganlar tergov izolatorida saqlanadi.

Bundan tashqari, bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq ishlar, shuningdek, kaltaklash va sog‘liqqa yengil zarar yetkazish bir yil davomida takroran sodir etilsa, tomonlarning yarashish imkoniyati istisno qilinadi.

Qonunda oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga maxsus ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarni “jinsiy aloqaga chorlash” jinoiy javobgarlikni o‘z ichiga oladi. O‘z joniga qasd qilishga olib borish va bunga undaganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish, suitsidni targ‘ib qilganlik uchun esa jarimalar nazarda tutilgan.

Majlis (parlament quyi palatasi) 28 fevralda qonunni qabul qildi, Senat (yuqori palata) 11 aprelda o‘zgartirishlar uchun ovoz bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladi