10:46 / 16.04.2024
95

Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi

Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi
Foto: Turkish Insider
Tojikiston 20 apreldan Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qiladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Xovar” agentligi xabar berdi.

Tegishli qaror o‘zaro munosabatlar tamoyili doirasida qabul qilingan. “Turkiya fuqarolari Tojikiston vizasini xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda olishlari mumkin”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Turkiya 6 aprel kuni Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilib, ulardan 20 apreldan boshlab viza talab etilishini ma’lum qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning farmoniga ko‘ra, mazkur chora “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi qonun asosida qabul qilingan.

Vizasiz rejim doirasida oddiy xalqaro pasportga ega Tojikiston fuqarolari Turkiyaga 30 kun davomida vizasiz kirishi mumkin edi. Xizmat pasporti egalari uchun 60 kungacha, diplomatik pasport uchun esa 90 kungacha vizasiz rejim amal qilgandi. Turkiya fuqarolari ham Tojikistonda 30 kun vizasiz qolishlari mumkin edi.

22 mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall'da yuz bergan teraktdan so‘ng, Turkiya hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan ISHID tarafdorlariga qarshi reydlar o‘tkazdi. Crocus'dagi teraktda ayblanayotganlar asosan Tojikiston fuqarolari sanaladi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi