Foto: The Times of Israel
Iordaniyada Eron havo hujumi paytida urib tushirilgan bir nechta raketalar internetda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘rga, bir guruh iordaniyalik shaxslar urib tushirilgan, nisbatan yaxshi holatdagi raketalar tasvirlarini elektron savdo platformalariga joylashtirgan. Raketalarning turli qismlari va detallari sotuvga qo‘yilgan.
“Foydalanilgan Eron ballistik raketasi: yaxshi holatda” deya tavsif berilgan reklamalar “al-Sooq al-Maftouh” platformasida paydo bo‘lgan. E’lonlar ichida nafaqat Eron, balki havo hujumi paytida tutib olingan Iroq, Suriya va Yaman raketalari namunalari ham borligi aytilgan.
Foto: The Times of Israel
Ushbu e’lonlarni jamoatchilikning ko‘pchilik qismi hazil sifatida jiddiy qabul qilmagan. Fuqarolarning bir qismi bu tadbir hujum haqida xavotirga tushayotgan aholini tinchlantirish uchun amalga oshirilganini taxmin qilgan.
Foto: The Times of Israel
Reklama e’lonlaridagi narxlar ham unga qiziquvchilarni ko‘paytirgan. Iordaniya poytaxti atrofiga tushgan raketaning har bir bo‘lagi 50 Iordaniya dinori (70 dollar) narxida belgilangan. Butun boshli raketa narxi esa 120 000 dinor (170 000 dollar)gacha etib belgilangan.
Raketalar qoldiqlari, asosan, Iordan vodiysi yaqinidagi Al-Hasa va Kerak tumanlarida, shuningdek, poytaxt Ammonning Marj al-Hamam aholi punktida topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi