09:28 / 17.04.2024
232

Chechenistondagi tumanga Putin nomi beriladi

Chechenistondagi tumanga Putin nomi beriladi
Foto: Grozniy shahri hokimligi matbuot xizmati
Checheniston poytaxtidagi tumanga Putin nomi beriladi. Bu haqda Grozniy shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Shayx Mansur tumanining salkam 35 ming aholisi tumanni ikkiga ajratishni yoqlagan va tumanlardan biriga Putin nomi berilishiga rozi.

So‘rovnoma ma’lumotlari yangi tumanni tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish uchun Checheniston parlamentiga yuborildi, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniydagi yangi tuman Putin sharafiga nomlanishiga shu yilning fevralida va’da bergandi. Uning ta’kidlashicha, bu Rossiya prezidentiga «chechen xalqining chuqur minnatdorligi hissi»ni ifodalaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistondagi tumanga Putin nomi beriladi