21:27 / 17.04.2024
278

Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi

Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi
Foto: Atlas Press
Pokiston o‘zining Eron va Afg‘oniston bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSH ixtiyoriga topshirgan. Bu haqda Atlas Press nashri xabar bermoqda.

“Tolibon” Tashqi ishlar vazirligining Hirotdagi vakili o‘rinbosari Rahmatulloh Fayzan Pokistondagi manbalarga tayanib, ushbu bayonotni e’lon qilgan. Endilikda chegara hududidagi ikkita Pokiston (harbiy) bazasi AQSH nazoratida bo‘ladi.

Pokistondagi “Tehriki insaf” partiyasi a’zosi Shirafzal Marvat bazalar topshirilishi bilan bog‘liq vaziyat haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, topshirilgan bazalar Pokistonning Balujiston viloyati hududida joylashgan.

Nashrlar ushbu bazalarga AQSH tomonidan harbiy kontingent joylashtirilishi ehtimoli haqida yozgan. Vashington rasmiylari esa bu voqealar haqida hech qanday ma’lumot tarqatmagan.

Oldinroq “Tolibon” rasmiylari AQSH dronlari Afg‘oniston ustida patrullik qilishi uchun Islomobod Vashingtonga bazasini topshirganini e’lon qilgan edi. Kobuldagi rasmiylar shuningdek, AQSHni Afg‘oniston havo hududini buzishda va ayg‘oqchilik qilishda ayblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi