14:55 / 18.04.2024
374

2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin

2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin
Foto: L.Heimrath / Imago / TASS
Germaniyalik milliarder Karl-Erivan Xaub ma’shuqasi bilan Moskvada yashirincha yashayotgan bo‘lishi mumkin. RTL kanali o‘z surishtiruvlari asosida shu xabarni tarqatdi.

Milliarder 2018 yilda bedarak yo‘qolgan va o‘shandan buyon halok bo‘lgani taxmin qilinayotgandi.

Germaniyaning eng boy kishilaridan sanalgan Karl-Erivan Xaub OBI do‘konlar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan Tengelmann Group xoldingini boshqargan. 2018 yil bahorida Alp tog‘-chang‘i kurortida u yo‘qolib qoladi, na tirigini, na jasadini topishadi. 2021 yilda sud Xaubni rasman tiriklar safidan chiqaradi.

Natijada oilaviy biznes boshqaruvini uning ukasi Kristian Xaub qo‘lga oladi. RTL surishtiruvlarida u tadbirkorning halokati sahnalashtirilganidan xabardorligi, biroq noto‘g‘ri guvohlik bergani aytiladi. Taxminlarga ko‘ra, u xavfsizlik xizmatiga akasi bilan sodir bo‘lgan voqeaning muqobil talqinlari haqidagi mish-mishlarni bostirishni buyurgan.

RTL aniqlashicha, Karl-Erivan Xaub yo‘qolishidan uch kun avval rossiyalik 44 yoshli Veronika Yermolovaning raqamiga 13 marta qo‘ng‘iroq qilgan. Nashrda mavjud ma’lumotlarga qaraganda, ular ikkalasi turli yillarda bir paytning o‘zida Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Rossiyaning boshqa shaharlariga sayohat qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin