Foto: Euronews
Politico nashri yozishicha, AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z siyosiy muammolarida Ukrainani va shaxsan uning rahbari Vladimir Zelenskiyni aybdor deb biladi.
Jurnalistlarning fikricha, Trampning Ukrainaga adovati ildizlari chuqur — 2016 yilda paydo bo‘lgan. Tramp Ukrainani Demokratlar partiyasi serverlarini buzib kirib, saylovlarga aralashganlikda aybdor sanaydi, deyiladi xabarda.
Tramp va Ukraina o‘rtasidagi nizoda uning Zelenskiy bilan telefondagi suhbati bosh rolni o‘ynaydi — oqibatda Oq uy rahbari ustidan impichment jarayoni boshlangan.
O‘sha suhbatda Tramp Kiyevga prezident Jo Baydenning o‘g‘li bilan aloqador Burisma kompaniyasini taftishga tortishni talab qilgan, biroq hech qanday surishtiruv o‘tkazilmagan, qaytanga ushbu suhbat Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishiga olib kelgan.
«Shu bois Tramp Zelenskiydan nafratlanadi. Buni Zelenskiy ham biladi», — deya ta’kidladi ilgari Trampning advokati bilan ishlagan tadbirkor Lev Parnas.
Bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida Tramp g‘alaba qozonishi ehtimolidan kelib chiqib, Kiyev imkon qadar oyoqqa turib olish va ichki qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni oshirish harakatida, chunki «Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, ahvol voy bo‘lishi tayin».
Yaqinda Washington Post gazetasi Tramp AQSH prezidentligi uchun saylovda zafar quchsa, Kiyevni Qrim va Donbassni Rossiyaniki deya tan olishga majburlashga urinishi haqida yozgandi. Siyosatchining o‘zi esa Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugata olishini bir necha marta aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda