Foto: Reuters
Armaniston va Ozarboyjon ilk bor chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vazirligi va Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev ma’lum qildi.
Bayonotlarda ta’kidlanganidek, tomonlar to‘rtta aholi punkti (Baganis Ayrim, Ashagi Askipara, Xeyrimli, Qizil Gajili) o‘rtasida «chegara chizig‘ining alohida uchastkalarini o‘tkazish to‘g‘risida» kelishib olgan. Chegara chizig‘i «Sovet Ittifoqi parchalanishi paytida mavjud bo‘lgan chiziqqa moslashtiriladi».
TASS ta’kidlaganidek, delimitatsiya aslida Ozarboyjon SSR tarkibiga kirgan va 1990 yillardan beri Armaniston nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloqning Ozarboyjon tasarrufiga o‘tkazilishini anglatadi.
Tomonlar yaqin vaqt ichida kelishilgan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqib ketish va u yerda chegara xizmatlarini joylashtirishga kelishib oldi.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi chegara ming kilometrga yaqin. Bu davlatlar 1991 yilda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tufayli chegaralarni hech qachon delimitatsiya va demarkatsiya qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi