09:13 / 20.04.2024
63

Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi

Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi
Foto: Google Images
Chexiya Ukraina uchun 500 ming snaryad sotib olganini NATO mudofaa vazirlariga ma’lum qildi.

Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina-NATO kengashining mudofaa vazirlari darajasidagi onlayn formatdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Chexiya Kiyev uchun yarim million snaryad sotib olganini tasdiqladi”, — dedi Stoltenberg.

U, shuningdek, NATOga a’zo bir qancha davlatlarning yaqinda Kiyevga yangi qurollar yetkazib berish haqidagi va’dalarini, jumladan Germaniyaning Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarining navbatdagi partiyasini yuborish qarorini olqishladi.

Alyans bosh kotibi ta’kidlaganidek, Ukrainadagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning 99 foizi NATO davlatlari tomonidan yetkazib berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi