22:00 / 20.04.2024
178

HAMAS yetakchisi Turkiya prezidenti bilan uchrashish uchun Istanbulga keldi

HAMAS yetakchisi Turkiya prezidenti bilan uchrashish uchun Istanbulga keldi
Foto: Anadolu
HAMAS harakati siyosiy byurosi yetakchisi Ismoil Haniya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashish uchun Istanbulga keldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, ikki siyosiy rahbar o‘rtasidagi uchrashuv va muzokaralar Dolmabaxche saroyida, yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan. Turkiya rasmiy nashrlari muzokaralarning asosiy tafsilotlarini hozircha ma’lum qilmagan.

Foto: Anadolu
17 aprel kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Dohada Ismoil Haniya bilan uchrashib, G‘azodagi so‘nggi mojaroni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi. Fidan va Haniya uchrashuvda G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish, o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, garovga olinganlarga oid masalalarni ko‘rib chiqqan.

Foto: Anadolu
Turkiya rahbariyati HAMAS yetakchisi tashrifi mamlakat uchun katta ma’no anglatishini ma’lum qilgan. Uchrashuv bosh mavzularidan biri Falastinning BMT a’zoligiga qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Isroil davlati, xalqaro sudning vaqtinchalik qarorini buzgan holda, G‘azo sektoriga hujumini davom ettirmoqda. Falastin sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri kamida 34 049 falastinlik, asosan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan. 76 901 nafar fuqaro jarohatlangan.

Isroilga nisbatan Xalqaro sud genotsid ayblovini e’lon qilgan. Yanvar oyida chiqarilgan qaror Tel-Avivga genotsid harakatlarini to‘xtatish va G‘azodagi tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatilishini kafolatlash choralarini ko‘rishni buyurgan. Biroq jangovar harakatlar to‘xtovsiz davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS yetakchisi Turkiya prezidenti bilan uchrashish uchun Istanbulga keldi