09:25 / 21.04.2024
62

Markaziy Afrika Respublikasida kema ag‘darilishi oqibatida 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Markaziy Afrika Respublikasida kema ag‘darilishi oqibatida 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Foto: The First Channel News
Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangui yaqinidan oqib o‘tuvchi daryoda kema to‘ntarilishi oqibatida 60 ga yaqin fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda The First Channel News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, dafn marosimida ishtirok etish uchun Banguidan yo‘lga chiqqanlar kemasi noqulay sharoit tufayli daryoda ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning bortida bo‘lgan 58 kishi halok bo‘lgan.

Biz 58 ta jonsiz jasadni chiqarib oldik. Suv ostida qolganlarning umumiy sonini bilmaymiz”, — degan qutqaruv brigadasi boshlig‘i Tomas Djimasse.

Guvohlar va ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga ko‘ra, Mpoko daryosida ag‘darilgan kema ichida 300 dan ortiq odam bo‘lgan. Halokat sodir bo‘lgach, 40 daqiqa ichida qutqaruvchilar kelgan va ko‘pchilikni qutqarib qolgan.

Hozirda Mpoko daryosida o‘nlab qayiqlarda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar halok bo‘lganlar soni yana oshishi mumkinligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy Afrika Respublikasida kema ag‘darilishi oqibatida 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi