10:02 / 21.04.2024
146

Arxeologlar Turkiyada qadimgi ko‘chani topishdi (foto)

Arxeologlar Turkiyada qadimgi ko‘chani topishdi (foto)
Foto: İHA
Antaliyaning tarixiy qismida qazilma ishlarini olib borayotgan arxeologlar qadimgi rimliklar ko‘chasini topishdi. Topilma Rim imperiyasi zamonlarida shaharlar qanday loyihalashtirilgani haqida qimmatbaho ma’lumotlarni beradi, deyilmoqda.

Foto: İHA
Xidirlik minorasi yonidagi qazilmalar jarayonida topilgan kolonnadalardan iborat ko‘chaning uzunligi 800 metr atrofidaligi va dengizga tutashib ketgani taxmin qilinyapti. Hozircha uning 100 metr qismi qazilib, ochilgan.

Bu shunchaki ko‘cha emas. Ekspertlar va arxeologlar shu yaqinda topilgan murakkab mozaikani ehtiyotkorlik bilan konservatsiya qilishyapti. Bu yerda avvalroq qadimiy hammomlar, qo‘rg‘onlar mozaikalari va kritliklar muz tayyorlaydigan joy ham kashf etilgandi.

Foto: AA
Istiqbolda ushbu hududni Antaliyaning madaniy va sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arxeologlar Turkiyada qadimgi ko‘chani topishdi (foto)