22:53 / 22.04.2024
209

Xitoyda so‘nggi 50 yildagi eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi

Xitoyda so‘nggi 50 yildagi eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi
Foto: twitter.com/thinking_panda
Xitoyda yarim asrning eng kuchli suv toshqini kuzatildi, oqibatda 83 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bo‘ronlar tufayli 1,16 millionga yaqin xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Mingdan ortiq maktab yopilgan.

Mamlakat janubida kuchli yomg‘ir va bo‘ronlar kuzatilmoqda. Noqulay ob-havo tufayli tog‘li hududlarda ko‘chkilar sodir bo‘lgan, daryolar qirg‘oqlaridan chiqib, suv sathi kritik darajadan ko‘tarilib ketgan.

Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 21 aprel kuni suv toshqini tufayli Guandun provinsiyasining Jiangvan qishlog‘i bilan aloqa uzilgan, 22 aprel kuni esa qisman tiklangan. U yerda 3,6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Shuningdek, 80 nafar qutqaruvchidan iborat guruh ko‘chkilar sodir bo‘lgan aholi punktiga yetib borishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu toshqin Xitoyning iqtisodiy barqarorligiga tahdid solishi mumkin, chunki jabrlangan provinsiya mamlakatdagi eng zich va boy viloyatlardan biri hisoblanadi. Mintaqada 127 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda so‘nggi 50 yildagi eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi