23:15 / 22.04.2024
74

Buyuk Britaniya kompaniyasi 500 dan ortiq sayyohlarni O‘zbekistonga yuboradi

Buyuk Britaniya kompaniyasi 500 dan ortiq sayyohlarni O‘zbekistonga yuboradi
Foto: “Dunyo” AA
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning Jules Verne sayyohlik kompaniyasi boshqaruvchi direktori Debbi O‘Nill va loyiha menejeri Teye Krouford bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida Britaniya tomoniga mamlakatimizda turizm yo‘nalishini rivojlantirish, mavjud va yangi barpo etilayotgan sayyohlik majmualari, xorijiy sayyohlar uchun taklif etilayotgan dasturlar, viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan.

Tomonlar Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish, yurtimizning boy turistik imkoniyatlari va yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish masalalarini muhokama qilgan.

Muzokaralar natijasida Jules Verne kompaniyasi bilan hamkorlikda 2024 yil davomida 500 dan ortiq sayyohlarni O‘zbekistonga yuborish va kompaniya rasmiy sayti orqali O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib etish uchun Uzbekistan your destination nomli yangi rukn ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya kompaniyasi 500 dan ortiq sayyohlarni O‘zbekistonga yuboradi