22:14 / 27.04.2024
305

Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi

Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiyada Crocus City Hall'dagi teraktni uyushtirishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, Moskvaning Basmanniy sudi Tojikiston fuqarosi bo‘lgan Jumaxon Qurbonovni hibsga olish to‘g‘risida buyruq chiqargan. Jumaxon Qurbonov teraktga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan 12-gumondor hisoblanadi.

"Tergov idorasining Qurbonovga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yuzasidan qilgan murojaati qanoatlantirildi", — deyilgan sud bayonotida.

Rasmiylar Qurbonov 22 maygacha hibsda qolishini ma’lum qilgan. Tergov yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tishi aytilgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, gumonlanuvchi Rossiyada noqonuniy ravishda yashab, Moskvadagi yotoqxonada istiqomat qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22 mart kuni Krasnogorsk shahridagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir etilgan edi. Hodisa oqibatida 144 kishi halok bo‘lgani va 551 kishi jarohatlangani xabar qilingan. Rossiya Tergov qo‘mitasi hujumni sodir etganlar va ukrainalik millatchilar o‘rtasida aloqadorlik aniqlanganini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi