Foto: Videodan kadr
Slovakiyaning Volkswagen va Volvo avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qilmoqda, deb xabar berdi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Volkswagen kompaniyasi premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va intererni yig‘ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishida ishga taklif qiladi. Kompaniya 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 240 nafar mutaxassisni ishga oladi.
Ish uch smenadan iborat. Nomzodlardan rus tilini kommunikativ darajada bilish talab etiladi. Ish haqi oyiga 1200−1600 yevro orasida.
Volvo esa 18−45 yoshdagi 150 nafargacha yuk mashinasi haydovchilarini ishga oladi. Rus tilini bilishdan tashqari, C va E toifali haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi, maosh oyiga 1700−2400 yevro.
Bandlik vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tez orada ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha e’lon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
JSST tuzdan foydalanishni majburiy cheklashga chaqirdi
Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi