10:30 / 01.05.2024
130

Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi

Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Foto: Oleksiy Filippov/Come Back Alive
Kiyev Rossiya hujumidan mudofaa uchun uchuvchisiz uchoqlarga bo‘lgan xarajatlarni oshirmoqda. Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal 30 aprel, seshanba kuni ushbu maqsadlar uchun qo‘shimcha 15,5 milliard grivna (367 million yevro) ajratilishini ma’lum qildi.

«Bugun ajratilgan mablag‘ evaziga Xavfsizlik va mudofaa kuchlarimizga 300 ming dron yetkazib beriladi», dedi u. Shmixalning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Ukraina joriy yilda dronlarni sotib olish uchun 43,3 milliard grivna (taxminan 1 milliard yevro) budjet ajratgan.

Kiyev har xil turdagi dronlarni yaratish va ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirmoqda. Oxirgi haftalarda Ukraina qo‘shinlari ham Rossiya hududlariga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujumlarni kuchaytirmoqda.

30 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Belgorod va Kursk viloyatlari uzra uchta Ukraina uchuvchisiz uchoqlari tutib olingani haqida xabar berdi. Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoytning so‘zlariga ko‘ra, Nikolayevo-Darino qishlog‘ida dron hujumi natijasida xususiy uy yonib ketgan, yong‘in oqibatida mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi