date
views 268

Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi

Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Foto: Piza universiteti
Italiyaning Piza universiteti faylasufi Graziano Ranokkiya boshchiligidagi olimlar guruhi sun’iy intellekt (SI) yordamida papirus o‘ramini shifrlab, yunon mutafakkiri Platonning qabri qayerda ekanligini topdi, deb xabar beradi Italiya Milliy tadqiqot kengashi.

Kuygan papirus parchalari Gerkulanumda topilgan. SI papirus o‘ramidan 1000 ta so‘zni aniqlay olgan, bu butun matnning taxminan 30 foizini tashkil qiladi. Transkripsiya qilingan parchada faylasuf Filodem Gadara (miloddan avvalgi 110-30) akademiyasi haqida so‘z borgan.

Foto: Piza universiteti
Matnda eramizdan avvalgi IV asrda Platon asos solgan akademiya haqidagi ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, faylasuf Afinadagi akademiyada, Museyon yaqinidagi u uchun maxsus ajratilgan bog‘da dafn etilgani aytilgan.

"Ilgari umumiyroq ma’lumotlar ma’lum edi: olimlar Platon akademiyada aynan qayerda dafn etilgani haqida tafsilotlarni bilishmas edi", — deya aniqlik kiritadi Live Science.

Matnda miloddan avvalgi 404–399 yillarda faylasuf qanday qilib qullikka sotilgani ham tasvirlangan.

Foto: Piza universiteti
Yana bir shifrlangan parchada Platon Frakiyadan kelgan musiqachining musiqiy va ritmik qobiliyatlarini tanqid qilgani haqida xabar beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi