
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Oksfordshirdagi saylov uchastkasida ovoz berishga qo‘yilmadi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
«Boris Jonson mahalliy saylovda ovoz bermoqchi bo‘lganida, o‘zi bilan rasmli guvohnomani olib kelishni unutgani sabab, mahalliy saylov uchastkasidan qaytarildi», dedi jurnalistlar.
Qayd etilishicha, tegishli fotoidentifikatsiyani taqdim etish Jonsonning o‘zi tashabbus ko‘rsatgan qonun bilan 2022 yilda joriy qilingan.
Siyosatchi matbuot kotibining aytishicha, yakunda Jonson ovoz berishga muvaffaq bo‘lgan va konservatorlarni qo‘llaganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson 2019-2022 yillarda Britaniya bosh vaziri sifatida ish olib borgan.
Buyuk BritaniyaBoris JonsonSaylov UchastkasiOvoz BerishMahalliy SaylovFotoidentifikatsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar