23:45 / 06.05.2024
215

Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi

Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Foto: Tasnim News
Pokiston hukumati 6 may kuni Afg‘oniston bilan aloqalarini to‘xtatgan. Bu haqda mahalliy afg‘on nashrlari tarqatgan xabarlarga asoslanib, Tasnim News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Pokiston “Tolibon” hukumati bilan diplomatik aloqalarini norasmiy va e’lon qilinmagan holda uzgan. Hukumatning hech bir idorasi bu haqda tushuntirish bermagan.

Taniqli afg‘on jurnalisti Bilol Sarvariyning aytishicha, munosabatlarning uzilishi sabablari hozircha ma’lum emas. Pokiston elchixonasi afg‘onlarga viza berishni taqiqlab qo‘ygan. Pokiston hukumatining “Tolibon” borasidagi rasmiy va norasmiy murojaatlari ham nisbatan jiddiy ahamiyat kasb eta boshlagan.

So‘nggi oylarda Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar har qachongidan ham yomonlashib ketgan edi. Islomobod Kobulni Pokistonning “Tahrik-i-Tolibon” guruhini qo‘llab-quvvatlashda va boshpana berishda ayblagan. Shundan so‘ng Pokiston hukumati mamlakatdagi afg‘on qochqinlarini ommaviy deportatsiya qilish orqali Afg‘onistonga bosim o‘tkazishga uringan.

O‘z navbatida, “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Pokistonni ISHID terrorchilarini tayyorlashda va ushbu terrorchi guruhning Afg‘onistondagi hujumlarini boshqarganlikda ayblagan edi. Oqibatda ikki tomonlama munosabatlarga keskin putur yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi