Mayk Jonson Foto: Tom Williams/CQ Roll Call/Sipa USA/picture alliance
AQSHda Trampning ashaddiy tarafdori bo‘lgan kongressmen Marjori Teylor Grin o‘zining partiyadoshi Mayk Jonsonni Vakillar palatasi spikeri lavozimidan chetlata olmadi. Rezolyutsiya loyihasi demokratlar qo‘llab-quvvatlashi bilan 8 may, chorshanba kuni kechqurun rad etildi. Unga 359 kishi qarshi ovoz bergan bo‘lsa, 43 kishi qo‘llab-quvvatladi.
Kongressdagi amaldagi qoidalarga ko‘ra, har qanday deputat Vakillar palatasi spikerini lavozimidan chetlashtirish tartibi tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Ammo Grinning g‘oyasi oldindan barbod bo‘ldi, chunki AQSH prezidenti Jo Baydenning Demokratik partiyasi kongressmenlari Jonsonni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz berdi.
AQSH Respublikachilar partiyasida Ukrainaga yordam bo‘yicha mojaro
Mayk Jonsonni lavozimidan ag‘darishga urinish Respublikachilar partiyasi ichida Rossiya bilan urushda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mojarolar fonida yuz berdi. Partiyaning o‘ng qanoti, jumladan, AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning ko‘plab tarafdorlari yordamni to‘xtatishga intilmoqda.
Mayk Jonson bir necha oylik ikkilanishdan so‘ng yon berdi va respublikachilarning Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ma’qullashiga yashil chiroq yoqdi, bu esa o‘z partiyasi safidagi qattiq siyosat tarafdorlari va Tramp ittifoqchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Bir necha oy oldin Vakillar palatasi spikeri sifatida Jonsonning o‘tmishdoshi Kevin Makkarti ham xuddi shunday sabablarga ko‘ra lavozimidan ketgan edi. Donald Tramp 5 noyabrga belgilangan AQSH prezidentligi saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida qayta ko‘rsatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi