date
views 212

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda muhim rol o‘ynaydigan uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bular:
Shanxay Bolalar tibbiyot markazi. Qayd etilishicha, markaz pediatriya, bolalar jarrohligi va alohida ehtiyojli bolalarni reabilitatsiya qilish sohasidagi salmoqli yutuqlari bilan ajralib turadi. Markazda imkoniyati cheklangan bolalar salomatligi va hayot sifatini yaxshilash borasida faol ishlar olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazi. Ushbu markaz qiyin vaziyatlarga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash uchun kurashadi va oilalarini qo‘llab-quvvatlash ustida ish olib boradi.

Shanxay reabilitatsiya uskunalari ko‘rgazma markazi. Bu markaz nogironlar va keksalar uchun ularni reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan keng turdagi yordamchi uskunalarni taqdim etadi. Ushbu markaz imkoniyati cheklanganlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan vositalardan foydalanish imkonini berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati
"Bu kabi muassasalarning tajribalarini o‘rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olishimizga ishonchimiz komil", — deydi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ushbu markazlar haqida o‘z sahifasida yozib qoldirgan postida.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati
Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmatining bildirishicha, agentlik shu kabi bilan hamkorlikni va bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni oshirishda davom ettiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi