date
views 159

Zelenskiy Tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosarini almashtirdi

Zelenskiy Tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosarini almashtirdi
Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Andrey Alekseyenkoni Tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi va bu lavozimga Oleg Lugovskiyni tayinladi.

Tegishli qarorlar Ukraina prezidenti saytida eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Andrey Alekseyenko 2017 yilning 27 noyabrida Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

2019 yilning 16 martidan 11 iyuniga qadar u vaqtincha Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari lavozimida ishlagan.

Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan Sergey Shoygu o‘rniga Andrey Belousov nomzodini ilgari surgandi. Amaldagi mudofaa vaziri Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosarini almashtirdi