date
views 157

Putin 16—17 may kunlari strategik hamkorlik borasida uchrashuv o‘tkazish uchun Xitoyga boradi

Putin 16—17 may kunlari strategik hamkorlik borasida uchrashuv o‘tkazish uchun Xitoyga boradi
Foto: Russian President Press Office
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16—17 may kunlari strategik hamkorlik va sherikchilik borasida uchrashuv o‘tkazish uchun Xitoyga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabariga tayanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, ushbu tashrif Vladimir Putinning saylovdagi g‘alabasidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘ladi. Rossiya hukumati ushbu safardan katta maqsadlarni ko‘zlagani xabar qilingan.

O‘tgan yili Xitoy rahbari Si Szinpin o‘z lavozimiga qayta tayinlanishi ortidan ilk xorijiy safarini Rossiyaga amalga oshirgan edi. Vladimir Putinning so‘nggi safari ham ushbu an’anaga javob tariqasida amalga oshirilayotgani bildirilgan.

Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 2024 yilning 16—17 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi”, — deyiladi Kreml xabarida.

Diplomatik protokolga muvofiq, davlat tashrifi xalqaro tashriflar orasida eng yuqori darajali hisoblanadi. Moskva va Pekinni esa keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik rishtalari bog‘la turadi.

Xitoyda davlat rahbarlari oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ma’lum qilingan. Ulardan o‘rin oladigan mavzular ma’lum qilinmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin 16—17 may kunlari strategik hamkorlik borasida uchrashuv o‘tkazish uchun Xitoyga boradi