date
views 457

Rossiya va Ukraina urushida 300 ga yaqin Shri-Lanka fuqarosi ishtirok etmoqda

Rossiya va Ukraina urushida 300 ga yaqin Shri-Lanka fuqarosi ishtirok etmoqda
Foto: Google Images
Shri-Lanka hukumati Rossiya-Ukraina urushida qatnashayotgan fuqarolar sonini 280 kishi deb hisoblamoqda. Bu haqda AFP xabar berdi.

Biz 280 ga yaqin oila a’zolaridan shikoyatlar oldik”, dedi mamlakat jamoat xavfsizligi vaziri Tiran Alles AFP'ga bergan intervyusida. Ulardan qanchasi mojaro hududida halok bo‘lgani noma’lum.

O‘tgan hafta Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma tashkil qilganidan so‘ng yollanma askarlarning qarindoshlaridan xabarlar kela boshladi. Shri-Lanka deputati Gamini Valebodaning aytishicha, yollanma askarlarning aksariyati aldov yo‘li bilan yollangan: ularga yuqori maosh va logistika kasblari va’da qilingan.

Shri-Lankaliklarning chet elga chiqishida hech qanday cheklovlar yo‘q va aholining katta qismi 2022 yil o‘rtalarida misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqirozdan keyin boshqa mamlakatlarga ishlash uchun ketgan. Shu bilan birga, Shri-Lanka o‘z fuqarolarini harbiy harakatlarda qatnashish uchun Rossiya yoki Ukrainaga borishdan bir necha bor ogohlantirgan.

Joriy yilda Shri-Lanka politsiyasi ikki iste’fodagi armiya zobitini, jumladan, general mayorni Rossiya yollanma firmalari uchun fuqarolarni noqonuniy yollagani uchun hibsga oldi, deb yozadi AFP.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Ukraina urushida 300 ga yaqin Shri-Lanka fuqarosi ishtirok etmoqda