Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurdi va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Xorijiy nashrlarga ko‘ra, yirik delegatsiya Kremlning Xitoy bilan aloqalarini mustahkamlash uchun borgan. Rossiya iqtisodiyoti va harbiy salohiyati G‘arbning sanksiyalari sabab kundan-kunga ko‘proq Xitoyga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Putin va Si Szinpin tor, keng va yakkama-yakka formatda muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan, dedi uning yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya agentliklariga.
"Putin va Si o‘rtasida qator umumiyliklar bor: ikkalasi ham hokimiyatning avtoritar vertikalini qurgan, ikkalasi ham muxolifatchilarga qattiq bosim o‘tkazgan, ikkalasi ham umrbod boshqaruvni da’vo qilmoqda va ular o‘zlarini hududlarni ishg‘ol qiluvchilar deb bilishadi", — yozadi BBC.
Putin 71 yoshda, Si Szinpin roppa-rosa bir oydan keyin 71 yoshga to‘ladi.
Rossiya va Xitoy rahbarlarini birlashtirgan asosiy narsa bu — G‘arbni yoqtirmaslikdir. Ammo biroz farqlar bor. Putin uni mutlaq yovuz deb hisoblaydi. Vaholanki, Xitoy rahbari Qo‘shma Shtatlar va Yevropaga teng huquqli va boy sheriklar sifatida qaraydi, ularni yo‘qotishni istamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi