
Lionel Messi va "Barsa" o‘rtasidagi birinchi shartnoma bo‘lgan salfetka auksionda sotildi.
Britaniyaning "Bonhams" auksion uyi 13 yoshli Messi o‘zining "Barselona" bilan ilk shartnomasini imzolagan qog‘oz salfetka 762 ming 400 funt sterlingga (965 ming dollar) sotilganini ma’lum qildi.
Kimoshdi savdosi Messining “Barsa” bilan kelishuvda ishtirok etgan agenti Orasio Gadjioli nomidan o‘tkazildi. 2000 yil 14 dekabrdagi salfetkada Gadjioli, mashxur futbol agenti Xosep Mariya Mingella va o‘sha paytdagi kataloniyaliklar sport direktori Karles Rexakning imzolari bor.
Salfetkaning boshlang‘ich narxi 300 ming funt sterling (379 ming dollar) edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar