09:26 / 18.05.2024
210

Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Foto: Google Images
Shimoliy Koreya yangi boshqaruv tizimi bilan jihozlangan taktik ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) ma’lum qildi.

17 may kuni KXDR bosh raketa boshqarmasi Koreyaning Sharqiy dengizida yangi avtonom navigatsiya tizimiga ega taktik ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sinov davomida ushbu tizimning aniqligi va ishonchliligi tekshirilgan. Sinovlarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirok etdi.

Avvalroq Kim Chen In o‘qotar qurollar ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurib, u yerda namunalarni ko‘zdan kechirgani va yangi snayper miltig‘iga alohida qiziqish bildirgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi