date
views 231

Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson”

Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson”
“Cho‘qintirgan ota”, “Zulm ko‘chalari”, “Amaliyotchi” kabi filmlar yulduzi, amerikalik aktyor Robert De Niro o‘tgan yili 79 yoshida yana bir bor ota bo‘lgan edi. U keksayganda farzand parvarish qilish mushkul degan stereotiplarni butkul rad etgan holda hozirda bir yashar qizalog‘i tarbiyasi bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Foto: The Voicemag
Albatta, bola parvarishi bo‘yicha majburiyatlarning barchasi otaning bo‘ynida emas — aktyorning yordamchilari bor. Ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori aytishicha, barcha farzandlaridan eng kenjasi — Jiya Virjiniya ismli qizi uni hech qanday shartlarsiz chin ko‘ngildan otasini yaxshi ko‘radigan yagona farzanddir.

Foto: Daily Mail
U meni hech qanday shartsiz, tanqidsiz va hech narsaga qaramay sevadigan yagona odamdir”, — deydi aktyor.

Jiya aktyorning yettinchi farzandi bo‘lib, 2023 yil bahorda tug‘ilgan. Uning onasi Tiffani Chen jang san’ati bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi. Er-xotin farzandi tug‘ilgandan bir oy o‘tgachgina ommaga yangilik bilan bo‘lishdi. Ular “Amaliyotchi” filmini suratga olish paytida tanishgan. Filmda De Niro mehmonxona menejeri rolini ijro etgan, Tiffani esa bosh qahramonlarga jang san’atidan dars bergan. Ayol turmush o‘rtog‘idan 34 yoshga kichik.

Foto: The Voicemag
2018 yilda Robert De Niro ikkinchi ayoli — Greys Xaytauer bilan ajrashgan. 2021 yil avgust oyida esa Robert va Tiffanini Nyu-Yorkdagi sayr paytida ko‘rib qolishgan. Ular o‘z munosabatlari haqida farzandli bo‘lgach ommaga e’lon qilishdi.

Foto: New York Post
Aktyorning birinchi nikohidan 2 nafar farzandi — 52 yoshli asrab olingan qizi Drena va 47 yoshli o‘g‘li Rafael bor. Ikkinchi turmushidan esa 26 yoshli o‘g‘li Elliot va 12 yoshli qizi Xelen bor. Tuki Smit ismli ayoldan esa aktyorning ikki nafar egizak qizlari tug‘ilgan.

Afsuski, bu yil Robertga nafaqat otalik baxtini, balki yo‘qotishning achchiq alamini ham keltirdi: 8 iyul kuni 79 yoshli bobo 17 yoshli nabirasi — Drenaning o‘g‘li Leandroni dafn etdi. Mish-mishlarga ko‘ra, yigit oshirib yuborilgan dozadan vafot etgan. Ammo onasi o‘g‘lini qasddan muddati o‘tgan noqonuniy dorilar bilan zaharlashgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson”