date
views 789

Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi

Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
© POOL
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpinning "do‘stona quchoqlashuvi" AQSH uchun ulkan strategik mag‘lubiyatning dalili bo‘ldi. Bu haqda "Naslediye" fondining tahlilchisi Maykl Pillsberi Fox News uchun bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Ikki rahbarning bir-birini quchoqlashganini ko‘rish strategik dahshatli (AQSH uchun - tahr). Odatda, Xitoy yetakchisi Si Szinpin ko‘proq o‘zini tutadi. U quchoqlashni yaxshi ko‘radigan italiyalik emas, u Xitoy kommunistlarining yetakchisi”, — ta’kidladi amerikalik ekspert.

Pillsberiga ko‘ra, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik Vashington uchun katta xavf tug‘diradi. Har ikki davlat ham shtatlar tomonidan xavfli strategik raqib sifatida qabul qilinadi, deya qo‘shimcha qildi u.

"Bu g‘amgin kun (shtatlar uchun. - tahr.)", —deya xulosa qildi tahlilchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi