
Foto: The Moscow Times
Rossiyada armiyaga safarbarlik markaziga o‘t qo‘yishga uringan fuqaro 25 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Sibirning Novosibirsk shahrida yashovchi dasturchi muhandis Ilya Baburin harbiy xizmatga chaqiruv bo‘limiga o‘t qo‘yishga uringanlikda ayblab, ozodlikdan mahrum qilingan. Surishtiruv davomida aybdor 2022 yilning sentyabrida Novosibirskdagi musiqa maktabga ham o‘t qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.
Ilya Baburinga rasman terrorchilikda ayblanmoqda. Rasmiylar uning Ukraina hukumatiga bo‘ysunuvchi Azov polkidan buyruq olganini tasdiqlagan.
Baburinga davlatga xiyonat ayblovi ham qo‘yilgan. Sharqiy harbiy garnizon sudi uni aybdor deb topib, aybdorga 25 yillik hukm tayinlagan.
Ilya Baburin o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni “bema’nilik” deya qoralagan. Terrorizm va davlatga xiyonat qilish ayblovi o‘rniga zo‘ravonlik aybi bilan sudlanishi kerakligini ta’kidlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar