date
views 1 392

Eron prezidenti vertolyotining qulashi sababi aytildi

Eron prezidenti vertolyotining qulashi sababi aytildi
Foto: Stringer/WANA
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning qulashiga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Bu haqda IRNA davlat agentligi xabar berdi.

«Raisiy yakshanba kuni (2024 yil 19 may) vertolyotdagi texnik nosozlik tufayli yuz bergan halokatda vafot etdi», deyiladi agentlik xabarida.

Mehr agentligiga ko‘ra, vertolyot halokatida qurbon bo‘lganlarning barchasi shahid deb e’lon qilingan.

IRIB telekanaliga ko‘ra, halok bo‘lganlarning dafn marosimlarini tashkil qilish uchun maxsus qo‘mita tuzilgan. Uning rahbari etib mamlakat vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy tayinlandi. Prezident Raisiy dafn marosimi 23 may kuni uning tug‘ilgan shahri Mashhadda bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Eron saylov komissiyasi matbuot kotibi Muhsin Islomiyning aytishicha, yangi davlat rahbari uchun muddatidan oldingi saylov 28 iyunga belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti vertolyotining qulashi sababi aytildi