AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi

1 daqiqa o'qish391
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
May oyining so‘nggi kunlarida AQSHning Vermont shtati universitetida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tadi. Talabalardan tashqari Maks laqabli mushuk ham universitetda tahsil olganlik haqida sertifikat — maxsus diplomga ega bo‘ladi. Mushuk ta’lim maskaniga bo‘lgan sadoqati va talabalarni psixologik jihatdan qo‘llab kelgani uchun mukofotlanadi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: “Pravila Jizni”
Bundan tashqari talaba-mushuk “Doctor in Litter-ature” fan doktori darajasini ham oladi. Albatta, bularning bari hazil tariqasida tashkil qilingan. Tarjimada “Litter” — uy hayvonlarining axlati degan ma’noni bildiradi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: “Pravila Jizni”
Qayd etilishicha, Maks Kaslton universiteti kampusida barcha talabalarning sevimli uy hayvoniga aylangan. To‘rt yil avval mushukni Eshli Dou ismli qiz topib olgan va talabalar yotoqxonasiga olib kelgan. O‘sha kundan boshlab Maks egasi Eshlining uyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joydagi kampusga tez-tez kelishga odatlandi. Mushuk universitet ma’ruzalariga qatnashib, talabalarning yelkasiga chiqib olar, turli ekskursiyalarda ishtirok etardi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: “Pravila Jizni”
Mahalliy telekanalga bergan intervyusida qabul komissiyasi direktorining o‘rinbosari o‘zining iliq fikrlari bilan bo‘lishdi:

"Ekskursiyaga borishimizdan avval mushuk bizni tashqarida kutib oladi va butun sayohat davomida bizga hamrohlik qiladi", — dedi Brendon Kennedi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: NBC News
Universitet pedagoglarining so‘zlariga ko‘ra, Maks talabalarga materialni o‘zlashtirishda ruhan yordam beradi:

"Har safar derazadan tashqariga qaraganimda, talabalar Maksni ko‘riboq telefonini chetga qo‘yadi va mushukka e’tiborini qaratadi. U universitetimiz yulduziga aylandi", — dedi Karyera va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jessika Dunkan.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: NBC News
Mushuk egasi Eshlining aytishicha, o‘quv yili nihoyasiga yetayotganidan Maks juda xafa. U albatta kampusga yana kelib turadi va talaba do‘stlarini keyingi o‘quv yilida kutib oladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?