07:00 / 23.05.2024
96

Erdo‘g‘an Turkiyada mustaqil ravishda safarbarlik e’lon qilish huquqini oldi

Erdo‘g‘an Turkiyada mustaqil ravishda safarbarlik e’lon qilish huquqini oldi
Foto: Presidential Press Service via AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ichki yoki tashqi tahdidlar yuzaga kelgan taqdirda mustaqil ravishda mamlakatda umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish vakolatini oldi. Bu hukumatga tegishli Resmi Gazete nashrida e’lon qilingan yangi qonun hujjatlaridan ma’lum bo‘ldi.

Davlat rahbari 1990 yil 24 maydan buyon amalda bo‘lgan «Safarbarlik va urush holati to‘g‘risidagi Nizom»ni bekor qildi va yangi hujjatni tasdiqladi. Unga ko‘ra, safarbarlik e’lon qilish vakolati Vazirlar Kengashidan prezidentga o‘tkazildi.

Hujjatda aytilishicha, prezident urush, qo‘zg‘olon, respublika hududiy yaxlitligiga ichki yoki tashqi tahdidlar yuzaga kelgan taqdirda qisman yoki umumiy safarbarlik e’lon qilish huquqini oldi. U safarbarlik bilan bog‘liq hujjatlarni maxfiylashtirishi mumkin.

Qarorda ta’kidlanishicha, safarbarlik holatida Qurolli Kuchlar, jandarmeriya va qirg‘oq qo‘riqlash xizmatidan iste’foga chiqarilgan barcha fuqarolar zaxirada bo‘lgan hisoblanadi. 2016 yil iyul oyida Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar ham zaxiraga kiritilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Turkiyada mustaqil ravishda safarbarlik e’lon qilish huquqini oldi