date
views 163

Turkiya aeroportida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi

Turkiya aeroportida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi
Foto: Anadolu
Turkiya transport vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li mamlakat aeroportlarida barcha yo‘lovchilar istisnosiz tekshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.

Vazir fuqarolik aviatsiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasiga izoh berdi. Unga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar aeroportga kirishda maxsus qurilmalar yordamida tekshiriladi.

"Agar qurilmalar yetarli bo‘lmasa, o‘zi yoki buyumlari tekshirilishidan bosh tortgan yo‘lovchilar samolyot bortiga kiritilmaydi", — deya tushuntirdi Uralo‘g‘li.

Shuningdek, transport vaziri Turkiya Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti a’zosi va uning talablarini yaxshi bajaruvchi davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.

"Agar siz samolyotda sayohat qilsangiz, barcha turdagi tekshiruvlarga ruxsat rozilik berishingiz, kimligingizdan qat’i nazar, umumiy qabul qilingan qoidalarga bo‘ysunishingiz kerak. Agar xavf bo‘lsa, hamma tekshiriladi", — deydi u.

Turkiyaning asosiy aeroportlarida tekshiruv punkti mavjud: birinchisi umumiy kirish hududiga kiraverishda, ikkinchisi ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi hududda. Har ikkala punkt ham zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, zarurat bo‘lsa, jismoniy tekshiruv ishlari olib boriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya aeroportida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi