date
views 141

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan erkak O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan erkak O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi
Firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etishda ayblanib, Turkiyada ushlangan erkak 23 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ozod Rahimov Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 6 may kuni Istanbulda qo‘lga olingandi.

U Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda, shuningdek, Istanbul shahrida bo‘lgan davrida 2022—2023 yillar mobaynida bir qancha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya—Ispaniya—Nikaragua—Meksika yo‘nalishi bo‘ylab AQSHga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 10-15 ming dollar olib, va’dasini bajarmasdan, o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

Ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIVga xabar berish so‘raldi.

Bosh konsulxona so‘nggi vaqtlarda AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan kelayotgan murojaatlar soni ortgani sabab fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan erkak O‘zbekistonga deportatsiya qilindi