date
views 181

Hindistonda ko‘ngilochar bog‘da yuz bergan yong‘in oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda ko‘ngilochar bog‘da yuz bergan yong‘in oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Hindiston g‘arbida ko‘ngilochar bog‘da yong‘in yuzaga kelishi oqibatida 24 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Hindiston mahalliy manbalariga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.

Hodisa Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtati, Rajkot shahrida yuz bergan. Oilaviy ko‘ngilochar maskanda kechki payt katta yong‘in kelib chiqqan.

Rajkot tumani ma’muriyati yong‘in hududiga shahardagi barcha o‘t o‘chirish brigadalarini safarbar qilgan. Qurbonlar soni rasman 24 ta deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, bu raqam tez orada o‘zgarishi mumkinligidan xavotir bildirilgan.

Foto: Reuters
E’tiborimiz qutqaruv operatsiyasiga va fuqarolar hayotini saqlab qolishga qaratilgan. Biz ushbu hodisa uchun javobgar bo‘lgan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’minlaymiz”, — degan Rajkot shahri meri Nayana Pedhadiya.

Yong‘in ko‘ngilochar markazning yopiq vizual o‘yinlar bo‘limida kelib chiqqan va tez fursatda tarqalib, bino ichi hamda atrofini qalin tutun qoplagan.

Shifoxona rasmiysining aytishicha, ba’zi jasadlar tanib bo‘lmas darajada kuyib ketgan. Qurbonlarda nafas qisilishidan o‘lim yuzaga kelgan.

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi hodisada halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, u mahalliy ma’muriyat jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.

Rajkotdagi yong‘indan qattiq qayg‘udaman. Yaqinlarini yo‘qotgan barchaga hamdardligimni bildiraman”, — deya post qoldirgan Modi X tarmog‘idagi sahifasida.

O‘t o‘chiruvchilar hududda yong‘inni nazoratga olishga erishgan. Gujarat hokimi Bhupendra Patel yong‘in sabablari aniqlanmaganini bildirgan. Voqea yuzasidan surishtiruv maxsus tergov guruhiga topshirilgan. Guruh ikki nafar shaxsni hodisa yuzasidan hibsga olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda ko‘ngilochar bog‘da yuz bergan yong‘in oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi