
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekistonlik qori Abbosxon Obidov Saidmurod o‘g‘li Rossiyada o‘tkazilgan Qur’oni karimni tajvidli o‘qish bo‘yicha xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ixva” xayriya jamiyati tomonidan tashkil qilingan ikkinchi xalqaro musobaqaga 25–27 may kunlari Rossiya federatsiyasining Ingushiston respublikasi mezbonlik qildi.

O‘zbekiston nomidan musobaqada qatnashgan Abbosxon qori Obidov Saidmurod o‘g‘li 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi va 3 ming dollar mukofot bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Abbosxon qori O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi hisoblanadi.

Rossiyadagi MusobaqaO‘zbekistonlik QoriQur’on O‘qishAbbosxon ObidovXalqaro MusobaqaIslom Bilim Yurtlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar