
Rossiyaning Norilsk shahridan oqib o‘tuvchi Daldikan daryosi qizil rangga kirdi. Meduza’ga asoslanib Daryo nashrining yozishicha, mahalliy aholi rangini o‘zgartirgan daryo suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan.
Rossiya tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi axborotida qayd etilishicha, daryo suvining ifloslanishiga «Norilskiy nikel» korxonasidagi avariya sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
«RIA Novosti» agentligi esa kombinat rahbariyatiga asoslanib, korxonadagi nosozliklar, shuningdek, Daldikan daryosiga sanoat chiqindilari sizib chiqqani ehtimoli haqidagi axborotni rad etgan.
Norilsk shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, shaharni suv bilan ta’minlash tizimida Daldikan daryosi suvidan foydalanilmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar