
AQSHning Pensilvaniya shtatida joylashgan Filadelfiya shahrida ikki keksa ishtirokida noodatiy to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. 102 yoshli Marjori Fiterman 100 yoshli Berni Littmanga turmushga chiqdi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi.

Foto: “Pravila Jizni”
To‘y qariyalar uyida bo‘lib o‘tdi. Ular ushbu maskanda 9 yil avval tanishgan. Littmanning nabirasi Sara Sixermanning so‘zlariga ko‘ra, uning bobosi va Marjori bir-biriga dalda bo‘luvchi eng yaxshi hamrohni uchratdi. Ular ko‘p vaqtini birga o‘tkazadi, ikkovi sport bilan shug‘ullanadi. Ular koronavirus pandemiyasini ham birgalikda boshdan o‘tkazdi va turli vaziyatlarda bir-birini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: “Pravila Jizni”
Berni 65 yillik turmushga ega, biroq uning rafiqasi Marjori bilan uchrashishidan bir necha yil avval vafot etgan. Marjori ham sevimli turmush o‘rtog‘i bilan uzoq yillar baxtli yashadi, biroq u 1999 yilda vafot etdi.
Ajablanarlisi, yangi kelin-kuyov bundan ancha yillar ilgari uchrashib qolishi mumkin edi. Ularning ikkisi ham yoshlikda Pensilvaniya universitetida bir vaqtda tahsil olgan, ammo ta’lim yo‘nalishi turli bo‘lganligi sabab Berni va Marjorining yo‘llari kesishmagan.

Foto: “Pravila Jizni”
Sara Sixermann bobosining to‘yini Ginnes rekordlari kitobiga kiritishni istaydi. Ularning umumiy yoshi 202 yilni tashkil etadi.
"Hozirda bizning arizamiz ko‘rib chiqilmoqda", — dedi Sara. Hozirda rekord angliyalik Dorin va Jorj Kirbiga tegishli. Ular turmush qurganda kelin-kuyovning umumiy yoshi 194 yil, 279 kun bo‘lgan.

Foto: People
2019 yil avgustda AQSHning Ohayo shtatida 100 yoshli Jon Kuk va 103 yoshli Fillis ham turmush qurgan. Ammo ular rekordni ro‘yxatdan o‘tkazmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar