date
views 718

AQShdagi fermada boqiladigan 2 metrli buqa Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi (video)

AQShdagi fermada boqiladigan 2 metrli buqa Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi (video)
Foto: Guinness World Records
AQShning Oregon shtatida yashovchi olti yoshli Romeo dunyodagi eng baland buqaga aylanib, Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Hozir uning boʻyi 1,94 metrga etadi. Qishloq xoʻjaligida keng tarqalgan sigir va hoʻkizlar uchun mazkur koʻrsatkich anomal va kamyob hisoblanadi.

Rekordchi buqaning hayoti ham qiziq kechgan: tugʻilganiga bir necha hafta boʻlganda uni Oregon shtatidagi hayvonlar boshpanasi egalari Misti va Robert Mur qutqarib qolishgan.

Buqalar, tabiiyki, sut berishga qodir emas, shuning uchun fermer xoʻjaligida unga ortiqcha sarf-xarajat qilishni istashmagan va buzoqni soʻyib yubormoqchi boʻlishgan”, — deydi Robert.

Foto: Guinness World Records
Biroq biz Romeoni oʻzimiz bilan olib ketishga qaror qilganmiz”, — deydi Misti Ginnes rekordlar kitobi veb-saytida chop etilgan intervyusida.

Foto: Guinness World Records
Ularning ta'kidlashicha, buqa oʻzining gigant oʻlchamiga qaramay, juda yuvosh jonivor, u insonlarni yaxshi koʻradi va yomgʻirdan qoʻrqadi. U kuniga 40 kilogramm pichan va 7 kilogramm don eydi. Bunday hayvonni ta'minlash juda qimmatga tushadi. Shuningdek, shtatdagi hech qaysi veterinar klinikada uning gabaritlariga mos uskunalar mavjud emas.

Foto: Guinness World Records
Ammo uning doim bizdan minnatdor ekanini koʻrib xursand boʻlamiz, axir Romeo bularning barchasiga arziydi”, — deya qoʻshimcha qildi Misti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShdagi fermada boqiladigan 2 metrli buqa Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi (video)