Foto: themillenniumreport.com
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollardan Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilish uchun foydalanishga qarshi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi xabar berdi.
"Bu masala bo‘yicha siyosatimizda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q. Biz Rossiyaga zarba berish uchun Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan qurollardan foydalanishni rag‘batlantirmaymiz va bunga yo‘l qo‘ymaymiz", — dedi u.
Avvalroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning The Economist nashriga bergan intervyusidan so‘ng G‘arb tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan qurollardan Rossiya hududidagi nishonlarni urish uchun foydalanish imkoniyati haqidagi munozaralar yangi kuch bilan avj olgan.
"Ittifoqchilar Ukrainaga bergan qurollardan foydalanish bo‘yicha ba’zi cheklovlarni bekor qilish imkoniyati haqida o‘ylash vaqti keldi", — degan edi Stoltenberg.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya hududidagi harbiy bazalarni “zararsizlantirish”da G‘arb Ukrainaga harbiy texnikalardan foydalanishga ruxsat berish kerakligini aytgan edi.
Germaniya kansleri Olaf Shols AQSH, Fransiya va Germaniya tomonidan Kiyevga yetkazib berilgan qurollardan foydalanish xalqaro huquq doirasida bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi