date
views 354

AQSHning savdo urushiga Xitoy pandalar bilan javob qaytardi

AQSHning savdo urushiga Xitoy pandalar bilan javob qaytardi
Foto: Smithsonian's National Zoo
AQSHning savdo urushining yangi bosqichini boshlash qaroriga Xitoy g‘ayriodatiy javob qaytardi, deb yozmoqda BBC. Javob cheklovlari va bojlarini qo‘llash o‘rniga, xitoyliklar Amerikaning qoq yuragi — Vashingtondagi hayvonot bog‘iga yaxshi niyat elchilari sifatida gigant pandalar: Bao Li va Sin Baoni jo‘natishadi.

O‘tgan yili Xitoy AQSHdan eng so‘nggi pandalarni qaytarib olganidan so‘ng, amerikaliklar Xitoy monopol huquqqa ega bambuk ayiqlarini tomosha qilish imkonidan musovo bo‘lishgandi.

Aytish kerakki, voqea Amerikada katta quvonch bilan kutib olindi — Oq uyda birinchi xonim Jill Bayden ishtirokida pandalar qaytayotgani rasman e’lon qilindi. Aytilishicha, 2024 yil oxiriga qadar pandalar Amerikaga yetib keladi.

«Sabrsizlik bilan kutilgan tarixiy lahzalarni mamlakatimiz poytaxtida bayram qilamiz», — dedi quvonch bilan Amerika prezidentining rafiqasi.

Ma’lumot uchun: Xitoy odatda o‘ziga do‘st sanagan mamlakatlarga minnatdorlik sifatida pandalarni jo‘natadi. Masalan, sobiq Ittifoq 1957 yilda kommunistik Xitoyni birinchi bo‘lib tan olgani uchun Pin-Pin laqabli panda bilan siylangan.

1972 yilda Richard Niksonning Xitoyga tarixiy tashrifidan so‘ng munosabatlar iliqlashib, AQSHga gigant pandalar yuborilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning savdo urushiga Xitoy pandalar bilan javob qaytardi