
Foto: Dog‘iston prokuraturasi
Chechenistonning No‘g‘ay viloyatida 7 yashar bola o‘zidan ikki yosh kichik ukasini bobosining miltig‘ida otib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “RIA Dog‘iston” xabar berdi.
Hodisa 28 may kuni Chervlenniye Buruni qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Bolalar fermada o‘ynab, bobosining xonasidan o‘quv miltig‘ini topib olgan. Xona eshigi qulflanganiga qaramay, bolalar unga kirishga muvaffaq bo‘lgan. 7 yoshli bola miltiqni qo‘liga olib, uning o‘qlanganini bilmagan holda undan o‘q uzgan. Oqibatda besh yoshli ukasi ko‘krak qismidan jarohatlangan.
“Bola pnevmatik miltiqdan o‘q otilishi natijasida olgan jarohati oqibatida kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan”, — deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bolaning o‘limi bilan bog‘liq ishga qiziqish bildirib, Dog‘iston bo‘yicha tergov qo‘mitasi rahbariga protsessual tekshiruv haqida hisobot berishni topshirgan. Holat Dog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar