date
views 293

Pentagon rahbari AQSH-Xitoy urushi ehtimolini baholadi

Pentagon rahbari AQSH-Xitoy urushi ehtimolini baholadi
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keskinlik kuchayganiga qaramay, Xitoy bilan harbiy mojaro muqarrar emas. Uning so‘zlaridan Accosiated Press agentligi iqtibos keltirmoqda.

Ostin «noto‘g‘ri hisob-kitoblar va tushunmovchiliklar» oldini olish uchun Vashington va Pekin o‘rtasidagi harbiy muloqotni qayta tiklash muhimligiga ishora qildi.

«Menimcha, Xitoy bilan urush yoki to‘qnashuv muqarrar emas. Buyuk davlat rahbarlari noto‘g‘ri hisob-kitoblar va tushunmovchiliklar ehtimolini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz uchun birgalikda harakat qilishlari kerak», dedi AQSH Mudofaa vaziri.

Bungacha XXR Markaziy Harbiy Kengashi Birlashgan shtab boshlig‘i o‘rinbosari general-leytenant Jing Jianfeng Singapurda bo‘lib o‘tgan Shangr-La Dialogue xavfsizlik forumida AQSHning Hind-Tinch okeani strategiyasi kelishmovchiliklarni yuzaga keltirish rejasi ekanligini aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon rahbari AQSH-Xitoy urushi ehtimolini baholadi